Messi Jahon chempionati finallari bo‘yicha tarixiy natija qayd etdi

Sport

image

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionatlari tarixida uchta finalda asosiy tarkibda maydonga tushgan ilk futbolchiga aylandi.

Messi 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. U bungacha ham 2014 va 2022 yillardagi Jahon chempionati finallarida to‘liq o‘ynagan edi.

Shu tariqa, argentinalik yulduz faoliyati davomida uchta Jahon chempionati finalida asosiy tarkibda maydonga tushgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi.

Bunga qadar braziliyalik Kafu ham uch marta Jahon chempionati finalida ishtirok etgan edi. Biroq u 1994 yilgi finalda zaxiradan maydonga tushgan, 1998 va 2002 yillarda esa hal qiluvchi uchrashuvlarni asosiy tarkibda o‘tkazgan.

Yana bir braziliyalik afsona Ronaldo ham uch marta finalga chiqqan. Ammo u 1994 yilgi finalni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan, 1998 va 2002 yillarda esa maydonga tushgan.

Tarixdagi yagona uch karra jahon chempioni Pele esa jarohati sababli 1962 yilgi Jahon chempionati finalida ishtirok eta olmagan.

Shuningdek, Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchilari Lotar Matteus va Per Littbarski ham uch marta (1982, 1986 va 1990 yillar) Jahon chempionati finaliga chiqqan. Biroq Matteus 1982 yilgi finalda zaxirada qolgan bo‘lsa, Littbarski 1986 yilgi hal qiluvchi bahsda maydonga tushmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing