O‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi vafot etdi
Sport
−
18 aprel 14335 1 daqiqa
Bugun, 18 aprel kuni uzoq yillar davomida turli jamoalarda murabbiylik bilan futbol rivojiga hissa qo‘shgan mutaxassis Bahodir Davlatov 60 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bahodir Davlatov futbolchilik faoliyati davomida 1981-1991 yillar oralig‘ida “Yangiyer” klubida to‘p tepgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, u murabbiylikda ham faoliyat yuritgan. Davlatov Bekobodning “Metallurg” klubi murabbiylar shtabi a’zosi edi.
Qayd etish joiz, Bahodir Davlatov 2011 yilda Meksikada o‘tgan 17 yoshgacha bo‘lgan Jahon chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bobur Davlatovning otasi hisoblanadi.
Live
Barchasi