“Mash’al” murabbiyiga musht tushirgan rahbar 1 yilga futboldan chetlatildi

Sport

image

Avvalroq, “Metallurg” klubi rahbari Shavkat Saidov kutilmaganda muborakliklar murabbiyi Aleksandr Xomyakovning ko‘krak qismiga musht tushirgani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, “Metallurg” futbol klubi havfsizlikni ta’minlamangligi sabab Xomyakov matbuot anjumanida qatnashmasligini ma’lum qilgandi.

Bugun, 3 sentyabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida bir qator futbolchi hamda rasmiylarga nisbatan tartib-intizom choralari belgilandi. 

Superliga 16-turi doirasidagi “Metallurg” – “Mash’al” (1:2) uchrashuvi yakuniga yetgach, “Metallurg” jamoasi rasmiy vakili Shavkat Saidov “Mash’al” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovning ko‘krak qismiga musht bilan zarba berdi. Mazkur holat jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilindi. Ushbu xatti-harakati uchun Shavkat Saidovga 1 (bir) yil muddatga har qanday futbol faoliyati bilan shug‘ullanishdan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, klubdan unga 2021 yilgi mavsum uchun O‘zPFL tomonidan taqdim qilingan litsenziyani 3 kun muddat ichida topshirish talabi qo‘yildi. 

O‘zbekiston Superligasining 16-turidan o‘rin oghlgan “Paxtakor” – OKMK (1:0) uchrashuvida Olmaliq jamoasi futbolchisi Abbosjon Otaxonov bahsning 82-daqiqasida to‘p uchun kurash bo‘lmagan vaziyatda tirsagi bilan raqib o‘yinchisining yuziga zarba berib, o‘yin qoidasini qo‘pol ravishda buzgani uchun 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va unga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi. 

Mazkur qaror e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Shuningdek, Superliga 16-turida “Metallurg” – “Mash’al” uchrashuvi yakunidan so‘ng “Metallurg” futbol klubi a’zolari stadionda ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarib, hakamlar sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatdi. “Metallurg” futbol klubi uchrashuvda tartib-intizomni ta’minlamagani, maydon va uning atrofida vujudga kelgan tartibsizliklarning oldi olinmagani uchun jazolanadi va klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Superliga Metallurg OKMK Mash'al Aleksandr Xomyakov

Baholaganlar

142

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing