Mashhur futbol blogeri O‘zbekistonga keladi (video)

Sport

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “laneksa7” nomi bilan tanilgan futbol blogeri Svetlana Alekseyeva O‘zbekistonga keladi. Bu haqda uning o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, “laneksa7” O‘zbekiston chempionatining 8-turidan o‘rin olgan “Andijon”-“Metallurg” o‘yinini bevosita stadiondan tomosha qiladi. O‘yin 18 may kuni Andijon shahridagi “Bobur arena”da bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joiz, Instagram'da 3,5 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega Svetlana Alekseyeva portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning faol muxlisi ekanligi bilan tanilgan. U so‘nggi vaqtlarda Ronaldu ishtirokidagi deyarli barcha o‘yinlarni bevosita stadiondan kuzatib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Metallurg Svetlana Alekseeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made