“Metallurg” klubi 2025 yil Superligada ishtirok etmaydi

Sport

image

Bekobodning “Metallurg” klubi yangi mavsumda Superligada ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, avvalroq liga “Metallurg” PFK MCHJ ustav kapitalining 100 foiz ulushiga egalik qiluvchi “O‘zmetkombinat” AJga murojaat qilib, 24 dekabr sanasiga qadar klubning Superligadagi kelgusi taqdiriga oydinlik kiritishni so‘ragan. 

Kecha, 20 dekabr kuni “O‘zmetkombinat” AJ Liga so‘roviga javob qaytardi hamda “Metallurg” klubining Superligada ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Javob xatida tashkilotning klubga homiylik mablag‘i ajratishi to‘xtatilgani va buning sabablari batafsil tushuntirilgan. 

“Metallurg” Superligadagi kelgusi taqdiriga 24 dekabrga qadar oydinlik kiritishi lozim. Mazkur mavzuning davomi liga hamda assotsiatsiya o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng rasmiy saytimizda e’lon qilinadi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot o‘rnida, bekobodliklar 9 dekabr kuni Superliga o‘tish o‘yinida “Olimpik”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, elit ligada qolish masalasini hal qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga Metallurg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing