“Navbahor” markaziy bahsda “Nasaf”ni mag‘lub etdi

Sport

image

Kecha, 21 avgust kuni O‘zbekiston Superligasining 18-turida markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Namanganning “Navbahor” jamoasi o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” klubini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 2-daqiqada “Nasaf” himoyachisi G‘olib G‘aybullayev o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Natijada namanganliklar hisobda oldinga chiqib oldi.

Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida “Navbahor” futbolchisi Saidazamat Mirsaidov “Nasaf” vakili Adenis Shalaga nisbatan qo‘pol harakat qilgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi va maydonni tark etdi.

Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va “Navbahor” o‘z maydonida muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Navbahor” ochkolari sonini 34 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Nasaf” esa 25 ochko bilan 7-pog‘onada bormoqda.

Ma’lumot uchun, Superliga 18-turiga kelib turnir jadvalida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi 42 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, Toshkentning “Paxtakor” klubi esa 39 ochko jamg‘argan holda 2-pog‘onani band etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing