Rasman! Superliga translatsiyasi ilk bor xorijga sotildi

Sport

image

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi ishtirokidagi O‘zbekiston Superligasi va mamlakat kubogi uchrashuvlarni Iroq hududida namoyish etish etiladi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi (O‘zPFL) matbuot xizmati xabar berdi.

PFLning ma’lum qilishicha, “sherlar”ning o‘yinlarini namoyish etish bo‘yicha Dubayda faoliyat yurituvchi sportga ixtisoslashgan media va ko‘ngilochar The PRO Company agentligidan taklif kelib tushgan.

Manbaga ko‘ra, ayni vaqtda esa Dubayda faoliyat yuritayotgan agentlik tomonidan Liga hisob raqamiga kelib tushadigan mablag‘ning teng yarmi “Paxtakor” futbol klubiga o‘tkazib beriladi. Qolgan qismi esa translyatsiyani uzatish xarajatlarini qoplashga sarflanadi. Kelishuvning aniq raqamlari oshkor etilmagan.

Agar translyatsiyalarni Iroqqa uzatishning texnik parametrlari bo‘yicha muammolar kuzatilmasa, PFL 2027 yilgi va undan keyingi mavsumlarda nafaqat bir klub, balki butun Superliga musobaqasini xorijda translyatsiya qilish hamda buning uchun eksklyuziv narxlar taklifini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Liga kelajakda translyatsiya huquqlarini sotishdan daromad olishni boshlasa, ushbu mablag‘larni Superliga ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash mexanizmi ishlab chiqiladi va klublar bilan muhokama qilinishini ta’kidladi.

Agar kelgusida Superliganing butun mavsumi yoki uning doirasidagi ayrim uchrashuvlarni translyatsiya qilish bo‘yicha shunday takliflar kelib tushsa, Liga shartnoma shartlari va kelishuv summalari bo‘yicha o‘z Ijroiya qo‘mitasiga hisobot berishini ham ma’lum qildi.

Shuningdek, PFL 2027 yilgi mavsumdan boshlab Superliga uchrashuvlarini Qozog‘iston, Rossiya va Belarus hududlarida OTT platformalari orqali namoyish etish rejalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev “Paxtakor” klubi bilan hamkorlikni to‘xtatishini ma’lum qilgandi. Agar endilikda O‘zbekistonning eng sermahsul jamoasi yangi homiy topmasa, keyingi mavsumda iroqlik legionerlarning jamoada qolishi ham so‘roq ostida qolmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing