“Bunyodkor” stadioni qarzdorlik sabab elektrdan uzib qo‘yildi
Sport
−
14:38 1302 1 daqiqa
“Bunyodkor” stadionida elektr ta’minoti qarzdorlik sababli 4 sentyabrdan to‘liq uzib qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) matbuot xizmati xabar berdi.
Butunlay “svet”siz qolgan “Bunyodkor” stadionida ofisi joylashgan O‘zPFL ham o‘z vazifasini masofadan turib bajarishga majbur bo‘lganini aytmoqda. Xabarlarga ko‘ra, “Bunyodkor”ni elektrdan 3 milliard so‘m atrofida qarzi bor.
O‘zPFLning ma’lum qilishicha, stadiondagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo Superliga va Proliga uchrashuvlarining translyatsiya jarayoniga ham ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, liga serverlari to‘liq ishlamay qolgani sababli uchrashuv signallarini qayta uzatishda tashqi serverlardan foydalanilmoqda.
Ma’lumki, rasmiy uchrashuvlar vaqtida O‘zPFL translyatsiya signallarini qabul qilib, ularni markazlashtirilgan tartibda turli platformalar orqali qayta uzatishni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiy Ilyos Zeytullayev hamda uning yordamchilari jamoani tark etgani haqida xabar berilgandi. Hozirda jamoani Ivan Boshkovich boshchiligidagi murabbiylar shtabi boshqarib bormoqda.
Live
Barchasi