Navoiyda kutilmaganda futbol bo‘layotgan stadionga vertolyot qo‘ndi

Sport

image

14 avgust kuni futbol bo‘yicha U-21 O‘zbekiston chempionatining 16-turidan o‘rin olgan Navoiyning “Qizilqum” va Bekobodning “Metallurg” jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur bahs o‘tkazilayotgan stadionga vertolyot qo‘ngani aks etgan suratlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati klubi o‘z Telegram sahifasida munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘yin 14 avgust kuni soat 17:30 da start olgan. Soat 18:15 da jamoalar tanaffusga chiqqan. 18:20 da esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, Navoiy viloyatida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar doirasida belgilangan dislokatsiyaga ko‘ra “Yoshlik” o‘yingohining asosiy futbol maydonidan 15 metrcha uzoqlikda joylashgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar maydoniga, ya’ni xavfsiz hududga uchuvchilar almashishi munosabati bilan vertolyot qo‘ngan va 3-5 daqiqadan so‘ng yana o‘z yo‘nalishida davom etgan.

“Vertolyotning qo‘nishi futbolchilarga ham, tomoshabinlarga ham noqulaylik tug‘dirmagan. Qolaversa, tanaffus payti bo‘lganligi sabab bu holat futbol uchrashuviga hech qanday ta’sir o‘tkazmagan (xalaqit qilmagan). Vertolyotning qo‘nish jarayonida barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan bo‘lib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar maydoni hamda qo‘nish nuqtasida o‘yinchilar yoki fuqarolar bo‘lmagan”, deyiladi “Qizilqum” PFK munosabatida.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy Metallurg vertolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing