O‘zbekistonlik talabalar Rossiyaga kirishi mumkinmi? Elchixona aniqlik kiritdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiya Vazirlar Mahkamasi chet ellik talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat beruvchi farmonni tasdiqlagani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mazkur xabarlar yuzasidan axborot berdi.

Unga ko‘ra, Rossiyaning Fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan chet ellik talabalarni qabul qilish tartibiga ko‘ra, o‘qish uchun faqat Rospotrebnadzor tomonidan xavfsiz epidemiologik vaziyatga ega mamlakat sifatida tavsiya etilgan mamlakatlarning fuqarolari kirishi mumkin. Xususan, Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Vetnam, Gretsiya, Misr, Hindiston, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Kuba, Maldiv orollari, BAA, Seyshel orollari, Serbiya, Singapur, Tanzaniya, Turkiya, Finlyandiya, Shveysariya, Efiopiya, Janubiy Koreya, Janubiy Osetiya, Yaponiya.

Talabalari Rossiyaga kirishga ruxsat etiluvchi davlatlarning ro‘yxati Rospotrebnadzor tomonidan muntazam ravishda yangilanib turadi va universitetlar tomonidan talabalarga, shu jumladan universitet veb-saytlaridagi shaxsiy akkauntlari orqali, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi rasmiy sahifalar orqali yetkaziladi.

“O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan talabalar, aspirantlar, ordinatorlar va tayyorgarlik fakultetlari talabalarining Rossiyaga kirishi ochiq bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilishi bilan qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha savollaringiz bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligining maxsus Vaziyat markaziga +7 (495) 198-00-00 telefon raqami yoki [email protected] elektron pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Shu asosda, Elchixona Rossiyaning ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari cheklov choralari tufayli ushbu mamlakatga kirish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifasiga kirmasligini ma’lum qiladi”, deyiladi elchixona axborotida.


Maqola muallifi

Teglar

Elchixona

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing