Shri-Lankada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ortga qaytarildi
O‘zbekiston
−
19 Fevral 2462 1 daqiqa
Shri-Lankada huquqbuzarlik sodir etib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro M.R. Shri-Lankaga turistik viza asosida borgan va kafelardan birida ishlayotgan vaqtida ushlangan. Shri-Lanka qonunchiligiga muvofiq, turistik viza asosida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangani bois, u vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Shundan so‘ng M.R. O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasiga yordam so‘rab murojaat yo‘llagan. Elchixona rasmiylari mazkur murojaat yuzasidan Shri-Lanka Migratsiya boshqarmasi mutasaddilari bilan muloqot olib borgan.
Muzokaralar natijasida M.R. ning O‘zbekistonga qaytishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan va “SriLankan Airlines” orqali “Kalumbiya – Kuala-Lumpur – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahriga ish izlab borib, qiyin ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarilgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr