Eronda qiyin ahvolga tushgan erkak O‘zbekistonga qaytarildi

Olam

image

Eronda qiyin ahvolga tushib qolgan erkak O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarosi hujjatlar bilan bog‘liq muammo va og‘ir moliyaviy ahvol tufayli diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. Elchixona xodimlari tezkorlik bilan uning qaytarilishini tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rgan.

Eron rasmiylari bilan hamkorlikda xorijga chiqish vizasi rasmiylashtirilgan. Eron aviakompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazilib, Tehron–Toshkent to‘g‘ridan to‘g‘ri reysi uchun aviachipta imtiyozli shartlarda sotib olingan va fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 6 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Eron Elchixona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing