Qidiruvdagi o‘zbekistonlik AQSHda ushlandi 

3-sahifa

image

O‘zbekistonda giyohvand moddalari savdosi bilan shug‘ullanib, huquq-tartibot organlaridan yashirinish uchun chet elda qochib yurgan qidiruvdagi 37 yoshli shaxs AQSHda qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi

Qayd etilishicha, IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlari huquq-tartibot idoralari hamda AQSHning Toshkentdagi Elchixonasi bilan hamkorlikda qidiruvdagi shaxsni O‘zbekistonga qaytarish amalga oshirilgan. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 2023 yilda qidiruv e’lon qilingan 1989 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi AQSHning Nyu-York shahrida aniqlanib, ushlangan hamda belgilangan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Migratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i, Andijon viloyatida tug‘ilgan 35 yoshli Azizbek Toshtemirov xalqaro qidiruvga berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston o'zbekistonlik Elchixona giyohvand moddalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing