O‘zbekistonlik sportchilarning qishki Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki yakunlandi
Sport
−
14 fevral
3810Kecha, 13 fevral kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Oxirgi kungi bellashuvlarda o‘zbekistonlik figurali uchish bo‘yicha sportchilar Niginabonu Jamoliddinova hamda Sevinch Rahimova muzga chiqishdi. Yakunda Jamoliddinova 17, Rahimova esa 22-pog‘onani egalladi.
Shunday qilib, 1 ta oltin medalga ega O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqalarni umumjamoa hisobida Filippin bilan birgalikda 5-o‘rinda yakunlaydi. Musobaqada umumiy 83 ta medal jamg‘argan mezbon Xitoy umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikka Janubiy Koreya va Yaponiya jamoalari kirishni uddaladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat aholisini qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari so‘nggi 26 yilda ilk bor figurali uchish bo‘yicha juftliklar orasida oltin medalni qo‘lga kiritgani bilan tabriklagandi.
LiveBarchasi