Xitoyda 19 metrli qorbola yasaldi (video)
Bu qiziq
−
11:01 2575 1 daqiqa
Xitoyning “qish poytaxti” deya e’tirof etiladigan Xarbin shahrida olti qavatli bino balandligiga teng ulkan qorbola bunyod etildi. Noyob qor haykali atigi 11 kun ichida yasaldi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Qayd etilishicha, qor va muz haykaltaroshligi bilan mashhur bo‘lgan Xarbin shahrida har yili xalqaro festival o‘tkaziladi. Biroq bu yil shahar aholisi va mehmonlarini yana bir noodatiy loyiha – qariyb 19 metr balandlikdagi gigant qorbola hayratga soldi.
Ma’lum qilinishicha, haykalni yaratish uchun maxsus texnikalar yordamida tayyorlangan qariyb 33,5 ming kubmetr qor olib kelingan. Dastlab qor vaqtinchalik yog‘och konstruksiyaga joylashtirilgan bo‘lsa-da, barcha asosiy ishlov jarayonlari haykaltaroshlar tomonidan qo‘lda – keskilar va boshqa maxsus asboblar yordamida amalga oshirilgan.
Loyiha ustida 100 nafar ishchi va 64 nafar haykaltaroshdan iborat jamoa mehnat qilgan. Qurilish jarayoni tashkilotchilar tomonidan jonli efir orqali namoyish etilib, tomoshabinlar uni real vaqt rejimida kuzatish imkoniga ega bo‘lishgan.
Ulkan qorbola ijtimoiy tarmoqlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Foydalanuvchilardan biri uni “oddiy qorbola emas, balki haqiqiy qor yodgorligi” deb atagan bo‘lsa, yana biri “bu qish mavsumining eng yuqori darajadagi energiyasi” deya baholagan.
Live
Barchasi