Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Mirziyoyev sportchilarni tabrikladi

Sport

image

Bugun, 13 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida 2028 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

“O‘z oldiga buyuk maqsadlar qo‘ygan xalq faqat sog‘lom va baquvvat bo‘lgan taqdirdagina ko‘zlagan marralariga erisha oladi. El-yurtning sog‘lom bo‘lishi, ulkan ishlarga qodir bo‘lishida esa, hech shubhasiz, jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati beqiyos. Bugun biz dunyoga ochiq, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlangan davlat – Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha o‘z oldimizga katta maqsadlar qo‘ymoqdamiz”, deydi Prezident.

Videoselektorda Prezident jismoniy tarbiya va sportsiz barkamol avlodni tarbiyalab bo‘lmasligini bildirdi. 

“Har bir inson, har bir ota-onaning orzusi va niyati jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashdir. Bunga esa jismoniy tarbiya va sportsiz erishib bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanch ustunidir. Shu bilan birga, sport – bu avvalo tinchlik elchisi, har bir davlat uchun milliy g‘urur manbai”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Kecha qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari so‘nggi 26 yilda ilk bor figurali uchish bo‘yicha juftliklar orasida oltin medalni qo‘lga kiritgani mamlakat sport tarixida yangi sahifa bo‘lgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Bangladeshda o‘tgan Osiyo chempionati g‘olibiga aylangani, Tailandda velosport va para velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida yoshlar umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagani qayd etildi.

Prezident barcha sportchilar, ularning murabbiy va ota-onalarini qo‘lga kiritilgan yuksak yutuqlar bilan tabrikladi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Shavkat Mirziyoev Paralimpiya Olimpiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing