Yaponiyaliklar Olimpiada shohsupasidan norozi bo‘ldi

Sport

image

Yaponiya figurali uchish terma jamoasi Italiyada o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarida jamoaviy musobaqa medallarini topshirish marosimida foydalanilgan shohsupa sifati yuzasidan rasmiy shikoyat bildirdi. Bu haqda jurnalist Jeki Vong ma’lum qildi.

Joriy yilning 8 fevral kuni figurali uchish bo‘yicha jamoaviy bahslar yakunlandi. Unda AQSH terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yaponiya jamoasi kumush medal bilan kifoyalangan bo‘lsa, mezbon Italiya vakillari bronza sovrindoriga aylandi.

Amerikalik figurali uchuvchilar medallarni topshirish marosimidan so‘ng konkilarini qayta charxlashga majbur bo‘lganini xabar qilgandi. Bunga shohsupa yuzasida yumshoq qoplama bo‘lmagani sabab bo‘lib, u konkilar tig‘ining tirnalishi va shikastlanishiga olib kelgan.

Jeki Vongning yozishicha, Yaponiya jamoasi aynan shohsupa konstruksiyasi va uning sirtida ishlatilgan material sifati bo‘yicha rasmiy e’tiroz bildirgan.

Ma’lumot uchun, Italiyada o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 22 fevralga qadar davom etadi. Musobaqalarda 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari Italiya figurali uchish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing