Qozog‘iston 1994 yildan beri ilk bor qishki Olimpiadada oltin medal oldi (video)
Sport
−
11:11 1125 1 daqiqa
Kecha, 13 fevral kuni qozog‘istonlik figurali uchuvchi Mixail Shaydorov Italiyada bo‘lib o‘tayotgan 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Olimpiya chempioni bo‘ldi.
Shaydorov qisqa dasturdan so‘ng beshinchi o‘rinni egallagani sababli eng kuchli ishtirokchilar bilan bir guruhda muzga chiqdi.
Dastur davomida sportchi murakkab elementlarni muvaffaqiyatli ijro etdi.
Shaydorov erkin dasturda 198,64 ball, umumiy hisobda esa 291,58 ball jamg‘ardi. Bu natija uning shaxsiy rekordi bo‘ldi. U yakuniy jadvalda birinchi o‘ringa ko‘tarilib, Qozog‘iston jamoasiga 2018 yildan beri ilk qishki Olimpiya medalini taqdim etdi.
Mazkur bahslarda kumush medal yaponiyalik Yuma Kagiyama (280,06 ball)ga nasib etdi. Uning vatandoshi Syun Sato (274,90) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qisqa dasturdan so‘ng peshqadam bo‘lib turgan amerikalik Ilya Malinin erkin dasturda bir necha jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ydi va yakunda sakkizinchi o‘ringa (264,49) tushib ketdi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli sportchi 1994 yil Lillehammer 1994 qishki Olimpiada g‘olibi, chang‘ichi Vladimir Smirnovdan keyin mamlakat tarixidagi ikkinchi qishki Olimpiya chempioniga aylandi. Avvalroq, figurali uchish bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi Sochi 2014 Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi