O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining 3-kunida qanday natija qayd etdi? (ro‘yxat)

Sport

image

Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning 3-kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda delegetsiya hisobidagi medallar sonini 22 taga yetkazib qo‘ydi. 

Oltin medal:

  • Bugun, 26 sentyabr kuni O‘zbekiston bayroqdori Muzaffarbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha -100 kilogramm vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritib, delegetsiyaga ushbu Osiyo o‘yinlaridagi 5-oltin medalni keltirdi.

Kumush medal:

  • Dzyudo bo‘yicha -90 kilogramm vazn toifasining finalida ishtirok etgan Bobonov qirg‘izistonlik Yerlan Sherovga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi;
  • bugungi kun hisobidan ilk medalni 10 metrga pnevmatik miltiqdan otish bo‘yicha aralash jamoaviy dasturda ishtirok etgan Javohir Sohibov va Muxtasar Tohirova juftligi qo‘lga kiritdi. Ular o‘q otish bahslari finalida mezbon – Xitoy vakillariga qarshi bellashib, imkoniyatni boy berdi va kumush medaliga loyiq ko‘rildi.

Bronza medal:

  • O‘zbekistonlik dzyudochi Irisxon Qurbonboyeva -78 kilogramm vazn toifasining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Qurbonboyeva uchinchi o‘rin uchun bahsda mo‘g‘ulistonlik Xuslen Otgonbayarni mag‘lub etgan holda shohsupaga ko‘tarildi;
  • mazkur sport bo‘yicha +100 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Alisher Yusupov Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindori bo‘ldi. U 3-o‘rin uchun dzyudo vatani bo‘lgan Yaponiya vakili Xyota Ogaga qarshi kurashdi va qisqa fursatda ippon bahosi bilan g‘alabaga erishdi;
  • O‘zbekiston nomidan bayroqdor sifatida ishtirok etgan Zaynab Dayibekova ham musobaqa shohsupasiga ko‘tarildi. U qilichbozlik bellashuvlarining yarim finalida janubiy koreyalik Jisu Yunga kichik farq – 14:15 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan taqdirlandi;
  • ushu sport turi bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib borgan O‘zbekiston vakili Darya Latisheva Latisheva nankuan va nandao dasturlari yakuniga bo‘yicha Xitoy hamda Malayziya vakillaridan keyin 3-o‘rinni band etdi;
  • tayekvondo dasturida bahsga kirishgan Charos Qayumova ham o‘z nomini sovrindorlar qatoriga yozdirib qo‘ydi. -53 kg vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi yarim finalda Xitoy Taipeyi vakilasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan taqdirlandi.

Bu orqali O‘zbekiston delegatsiyasi jami 22 medal (5 tadan oltin, 6 ta kumush, 11 ta bronza) jamg‘argan holda umumiy reytingning 4-pog‘onasini band etib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xanchjou Osiyo o'yinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing