O‘zbekistonlik para-atlet qiz Jahon chempioni bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik para-atlet Asila Mirzayorova Fransiya mezbonligida o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kecha, 9 iyul kuni Parij shahrida start olgan chempionatning birinchi kunida ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida Asila Mirzayorova 5,13 metr natija bilan oltin medalga ega chiqdi. Bu orqali Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi hisoblangan Mirzayorova Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga ham litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik para-atlet Kubaro Hakimova ham Jahon chempionati sovrindoriga aylandi. U ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etdi. Hakimova 9,83 metr natija bilan musobaqaning kumush medalini o‘z nomiga rasmiylashtirib oldi. 

Ma’lumot uchun, Kubaro Hakimova ham yuqoridagi natija orqali Mirzayorova kabi Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini olishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiya Parij-2024 Kubaro Hakimova Asila Mirzayorova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing