O‘zbekistonlik Osiyo o‘yinlari g‘olibi 3 yilga sportdan chetlatildi
Sport
−
18 Oktabr
14120O‘zbekistonlik kanoechi Shohmurod Holmurodovning organizmida taqiqlangan Klomifen moddasi borligi aniqlanib, u sportdan 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston antidoping agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kanoechi Butunjahon antidoping kodeksining 2.1 qoidasi (Taqiqlangan modda yoki uning metabolitlari va markerlari sportchi analizida mavjudligi)ni buzganligi sababli Butunjahon antidoping kodeksining 10.2.1 bandiga asosan 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.
Qayd etilishicha, diskvalifikatsiya jazo muddatini o‘tayotgan shaxs diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikatsiya muddati qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federatsiyasi yoki assotsiatsiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo‘llash mumkinligi belgilangan.
Ma’lumot uchun, Holmurodov o‘tgan yili Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarining juftlik bahslarida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
LiveBarchasi