O‘zbekistonlik mutaxassis Parij Olimpiadasida hakamlik qiladi

Sport

image

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatdan o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi hakam Dilorom Turdiqulova ham o‘rin oldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Turdiqulova bo‘lajak Olimpiadada shpaga yo‘nalishidagi bellashuvlarni boshqarib boradi. 2018 yildan beri xalqaro musobaqalarda faoliyat olib borayotgan mutaxassis ko‘plab nufuzli turnirlar, Osiyo o‘yinlari va qit’a chempionatida ishlagan. U joriy yil Milanda o‘tgan dunyo birinchiligida ham shpaga yo‘nalishidagi final bahslarida ham referilik qildi.

Ma’lumot uchun, Parij-2024 Olimpiadasi keyingi yil 26 iyuldan 11 avgustga qadar o‘tkaziladi. Hisob bo‘yicha Parijdagi o‘tkaziladigan musobaqalar tarixidagi 33-Olimpiada hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik sportchilarning Olimpiadaga yo‘llanmalari soni 15 taga yetgani xabar qilingandi. Marafonchi Shohruh Davlatov marafon dasturida (42 km, 195 metr) Parij-2024 Olimpiada normativini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy Olimpiya qo'mitasi Olimpiada Parij-2024 Dilorom Turdiqulova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing