O‘zbekistonlik muxlislar 6 soatdan beri BAA aeroportidan chiqarilmayapti

Olam

image

Toshkent–Sharja reysi bilan Jahon chempionati saralashi doirasidagi O‘zbekiston–Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilish uchun BAAga ketgan 100 dan oshiq o‘zbekistonliklar Sharja aeroportida ushlab turilibdi. Bu haqda muxlislar orasidagi jurnalist Shohruh Haydarov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, dastlab, ayollar va yoshi katta insonlarni o‘tkazishgan. Qolgan erkak va yigitlardan birinchi marta kelayotgani uchun anketa to‘ldirish, mehmonxona band qilgani haqida hujjat va qaytish biletlari nusxasi so‘ralgan.

Barchaning hujjatlari olib borilganda, aeroport xodimlari ulardan nusxa ko‘chirib, shu bilan barcha hujjatlarni olib kirib ketishgan va qaytib chiqishmagan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahar turizm boshqarmasi shaharda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga shu kunlarda turpaketlar orqali turistlarni BAAga yubormaslik choralarini ko‘rishni tavsiya qilgandi. Bunga sabab esa BAA–O‘zbekiston o‘yini bo‘lib o‘tadigan ning “Ol-Nahayon” stadioni 12 ming tomoshabin sig‘imiga ega ekani, Osiyo futbol konfederatsiyasi qoidalariga ko‘ra mezbon tomondan mehmon tomonning tomoshabinlari uchun sig‘imning 8 %ini (960 nafar) ajratish majburiyatini olgani ko‘rsatildi. O‘zbekistondan esa 960 emas, 5 ming muxlis o‘yinni ko‘rish uchun BAAga borayotgani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sharja futbol BAA–O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing