BAA-O‘zbekiston o‘yiniga ketayotgan muxlislar ogohlantirildi
Sport
−
02 iyun 13556 2 daqiqa
Joriy yilning 5 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining hal qiluvchi o‘yinlaridan birini Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida fan-klub a’zolari bilan birgalikda 5 ming nafar O‘zbekiston fuqarosini tomoshabin sifatida BAAga olib borish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur vaziyat fonida Toshkent shahar turizm boshqarmasi shaharda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga shu kunlarda turpaketlar orqali turistlarni BAAga yubormaslik choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.
Gap shundaki, BAAning “Al Vahda” futbol jamoasi uy o‘yingohi (“Ol-Nahayon”) 12 ming tomoshabin sig‘imiga ega, Osiyo futbol konfederatsiyasi qoidalariga ko‘ra mezbon tomondan mehmon tomonning tomoshabinlari uchun sig‘imning 8 %ini (960 nafar) ajratish majburiyatini oladi. Sport sohasiga ixtisoslashgan yirik blogerlar tomonidan esa ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida fan-klub a’zolari bilan birgalikda 5 ming nafar O‘zbekiston fuqarosini tomoshabin sifatida Amirliklarga olib ketish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘zbekistonlik muxlislarning o‘yingohga sig‘maslik ehtimoli yuqori ekanini va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini anglatadi.
Shu munosabat bilan, BAA aeroportlarida xavfsizlik idoralari tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining qaytarib yuborishga asos sifatida taxmin qilinayotganligini inobatga olib, ushbu kunlari BAAga turpaketlar orqali turistlarni yubormaslik choralarini ko‘rish tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Ol-Nahayon” stadionida o‘zbekistonlik muxlislar uchun ajratilgan o‘rinlar uchun esa chiptalar allaqachon sotilib ketgani xabar qilingandi. Joriy yilning 10 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘yin uchun chiptalar esa faqatgina oflayn sotiladi.
Live
Barchasi