O‘zbekistonlik migrant Sankt-Peterburgdagi elchixonaga borib, xotinini o‘ldirganiga iqror bo‘ldi

3-sahifa

image

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi diplomatik vakolatxonasiga o‘zbekistonlik migrant kelib, xotinini o‘ldirganini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy “Fontanka” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 11 may kuni soat 10:00 larda Sankt-Peterburg shahrining Krasnoarmeyskaya ko‘chasida joylashgan konsullik nazorat-o‘tkazish punktiga bir yigit kelgan. U xotinini o‘ldirgani va uning jasadi Murinodagi ijaraga olingan kvartirada turganini aytgan.

Politsiya Sankt-Peterburgda noqonuniy yashayotgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosini konsullikda qo‘lga olgan. Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari Murino shahridagi xonadonga yetib kelib, u yerda 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadini aniqlagan.

Taxminlarga ko‘ra, u bo‘g‘ib o‘ldirilgan. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qotillik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg migrant qotillik O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing