O‘zbekistonlik kanoechilar yakkalik bahslarda imkoniyatni boy berdi
Sport
−
04 avgust 2021
2626Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova yakkalik bosqichida chorak final bahsini o‘tkazdi.
200 metr masofaga kechgan bellashuvda dastlab Nilufar Zokirova startga chiqdi. U o‘z guruhida 48.995 soniya natija bilan oltinchi bo‘lib marraga yetib keldi.
Ikkinchi guruhda Dilnoza Rahmatova 46.645 soniya ko‘rsatkichni qayd etdi. Biroq bu natija bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan rossiyalik sportchidan 0.008 soniya ortda qolgan Rahmatova ham yarim final yo‘llanmasidan quruq qoldi.
Reglamentga ko‘ra, chorak finalda o‘z guruhlarida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ikki nafar sportchi keyingi davrada ishtirok etadi. Ma’lumot uchun, Dilnoza Rahmatova 2019 yilda O‘zbekistoning eng yaxshi ayol sportchisi, deb topilgan.
LiveBarchasi