O‘zbekistonlik qutqaruvchilar yana 14 kishining jasadini vayronalar ostidan olib chiqdi
Olam
−
10 fevral 2023
7363Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlarida qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashayotgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilar vayronalar ostidan yana 14 kishining jasadini olib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston FVV qutqaruv otryadlari Turkiyaning Hatay viloyati vayronalari ostida jarohatlanganlar va halok bo‘lganlarni qidirish ishlarini uzluksiz davom ettirmoqda
“Tabiiy ofat epimarkazida qidiruv guruhlarimiz 4-kun tinimsiz ishlamoqda va oxirgi soatlarda yigitlar vayronalar ostidan yana 14 kishining jasadini olib chiqishdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari 13 nafar jabrlangan va 64 nafar halok bo‘lganlarni vayronalar ostidan olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan dastlab 100 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi, 9 fevral kuni 71 kishilik ikkinchi guruh Turkiyaga yuborildi.
LiveBarchasi