O‘zbekistonlik quruvchilarning Rossiyaga kirishini osonlashtiruvchi loyiha to‘xtatildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga qurilish ob’ektlarida ishlashga jalb etish bo‘yicha sinov dasturini to‘xtatib turish haqidagi farmonni imzoladi. Hujjat kecha, 21 fevral kuni huquqiy axborot rasmiy internet portalida e’lon qilindi

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistondan mamlakatga 10 ming quruvchini jalb etishni nazarda tutuvchi loyihani amalga oshirish bo‘yicha hukumatning 2021 yil 6 oktyabrdagi qarori to‘xtatilgan. 

Loyihani to‘xtatib turish tashabbusi joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida Rossiya Mehnat vazirligi tomonidan ilgari surilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Rossiya Mehnat vazirligi O‘zbekistondan quruvchilarni Rossiya Federatsiyasiga jalb qilish bo‘yicha 2021 yilda boshlangan tajriba loyihasini to‘xtatishni taklif qildi. 

Loyihaga ko‘ra, hukumatning 2021 yil 6 oktyabrdagi qarori to‘xtatiladi. Loyiha O‘zbekistondan mamlakatga 10 000 quruvchini jalb qilishni nazarda tutgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Migrant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing