O‘zbekistonlik qizlar Osiyo chempionatida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
09 fevral
4270Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari tobora o‘z poyoniga yaqinlashmoqda. Bugun, 9 fevral kuni qizlar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik Nigora Suvonova va Tursunoy Jabborova jamoa hisobiga 4 ta medalni qo‘shib qo‘ydi.
-87 kg vaznda ishtirok etgan Suvonova dast ko‘tarishda 101 kg lik natija bilan oltin, siltab ko‘tarishda esa 128 kg bilan kumush, ikki kurash natijasiga ko‘ra kumush medalni qo‘lga kiritdi.
+87 kg vazn toifasida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazgan Tursunoy Jabborova dast ko‘tarishda 116 kg lik toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va bronza medali sohibiga aylandi. Jabborova siltab ko‘tarishda 124 kg, ikki kurash natijasiga ko‘ra, 258 kg natija qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, 8 fevral kungi dasturda O‘zbekiston vakillaridan Sarvarbek Zafarjonov va Sunnatilla O‘sarov turli probadagi medallarni qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi