O‘zbekistonlik qilichboz qizlar jahon reytingida peshqadamga aylandi

Sport

image

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) 2024 yil yanvar oyi uchun yosh toifalarida sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. 

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolarining aksariyati yuqori pog‘onalardan o‘rin oldi. Xususan, Dilnaz Murzatayeva shpaga, Fernanda Errera esa sablya yo‘nalishida reyting peshqadami bo‘ldi.

 Jamoaviy dasturda esa o‘zbekistonlik sablyachi yigitlar birinchi, qizlar ikkinchi, shuningdek, shpagachi qizlar 3-o‘rinda qayd etildi. 

Shaxsiy reytingda kuchli o‘nlikdan joy olgan o‘zbekistonlik qilichbozlar reytingi:

Shpaga, qizlar:
1. Dilnaz Murzatayeva (O‘zbekiston) – 131.5 (ochko);
9. Shahzoda Egamberdiyeva (O‘zbekiston) – 62.

Yigitlar:
1. Muhammad Yosin (Misr) – 189.250;
6. Meyirxan Timurov (O‘zbekiston) – 49.

Sablya, qizlar:
1. Fernanda Errera (O‘zbekiston) – 166;
6. Gulistan Perdibayeva (O‘zbekiston) – 96;
7. Ayako‘z Jumamuratova (O‘zbekiston) – 91.

Yigitlar:
1. Dari Lukashenko (Ukraina) – 129;
3. Islombek Abdazov (O‘zbekiston) – 119.5;
4. Azizbek Dauletnazarov (O‘zbekiston) – 116.250.


Maqola muallifi

Teglar

qilichbozlik Fernanda Errera Dilnaz Murzataeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made