MOQ sobiq raisi Sobir Ro‘ziyev vafot etdi

Sport

image

O‘zbekiston qilichbozligi afsonalaridan biri, Moskva-1980 yozgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori, Milliy olimpiya qo‘mitasining sobiq raisi Sobir Ro‘ziyev 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Sobir Ro‘ziyev sportchilik faoliyati davomida jahon chempionatlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan. U O‘zbekiston qilichbozligi rivojiga katta hissa qo‘shgan sportchilardan biri hisoblanadi. Marhumga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berilgan.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Sobir Ro‘ziyevning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

QALAMPIR.UZ marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing