Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

O‘zbekistonlik qilichboz qizlar Osiyo chempionatini 6 ta medal bilan yakunladi

Sport

image

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Quvaytda o‘tgan Osiyo chempionatida 5 ta oltin va 1 ta bronza medalga ega chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Quvayt 19 fevraldan 28 fevralga qadar qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Musobaqaning so‘nggi kunida jamoaviy bahslar va sablya yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Ushbu bahslarda o‘zbekistonlik qilichboz qizlar jamoaviy va sablya yo‘nalishlarda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shpaga yo‘nalishida Aziza Hamidova, Dilnoz Murtazoyeva, Sanam Nazarova hamda Bibimaryam Saparovadan iborat kvartet musobaqa davomida Iordaniya, Singapur, Xitoy Taypeyi va Yaponi vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. 

Sablya yo‘nalishida Guliston Perdibayeva, Fernanda Errera, Samira Shokirova hamda Ayako‘z Jumamurotovadan iborat kvartet Singapur, Koreya Respublikasi va Gongkong vakillaridan ustun keldi.

Shu tariqa, musobaqada 5 ta oltin va 1 ta bronza medal qo‘lga kiritgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati Qilichbozlik Fernanda Errera O'zbekiston ayollar terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing