O‘zbekistonlik gimnastikachi xalqaro Gran-prida 2 ta medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
25 mart
111821-23 mart kunlari Ispaniyaning Marbelya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Ikromova to‘pdagi mashqda 28.100 ball bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, ko‘pkurash yo‘nalishidagi 111.650 ball uning kuchli uchlikdan joy olishini ta’minladi.
Qayd etish joiz, to‘p bilan mashqda ham, ko‘pkurashda ham g‘oliblik Ukraina vakilasi Taisiya Onofriychukka nasib etdi.
To‘p:
Taisiya Onofriychuk (Ukraina) – 29.050;
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 28.100;
Polina Karika (Ukraina) – 27.900.
Ko‘pkurash:
Taisiya Onofriychuk (Ukraina) – 116.100;
Sofiya Rafaeli (Italiya) – 115.000;
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 111.650.
LiveBarchasi