O‘zbekistonlik gimnastikachilar Jahon kubogini 10 ta medal bilan yakunladi
Sport
−
28 aprel 4066 1 daqiqa
Toshkent shahri mezbonlik qilgan gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning 25 aprelidan 28 apreligacha bo‘lib o‘tgan turnirda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bugun, 28 aprel kungi bahslarda Taxmina Ikromova xalqadagi chiqishi bilan eng yuqori ball to‘plab, oltin medalga ega chiqdi.
Oltin medal:
Taxmina Ikromova (xalqa).
Kumush medal:
Anastasiya Saranseva (xalqa);
Anastasiya Saranseva (bulava);
Taxmina Ikromova (to‘p);
Taxmina Ikromova (tasma).
Bronza medal:
Guruh mashqi (3 to‘p va 2 xalqa)
Anastasiya Saranseva (to‘p);
Taxinma Ikromova (bulava).