Artur Guliyev Jahon kubogida oltin medal oldi

Sport

image

Kecha, 15 may kuni Artur Guliyev Germaniyaning Brandenburg shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi. Erkaklar o‘rtasida 200 metr masofaga kechgan bahslarda o‘zbekistonlik kanoechi Artur Guliyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogi. 200 metr, kanoe:

  • Oltin medal: Artur Guliyev (O‘zbekiston) – 38.44
  • Kumush medal: Pablo Grana (Ispaniya) – 38.63
  • Bronza medal: Sergey Svinarev (Rossiya) – 39.09

Ma’lumot uchun, Artur Guliyev joriy yilning 9 may sanasida Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogining birinchi bosqichida kumush medalni qo‘lga kiritgandi. Guliyev 200 metr masofaga kechgan bahslarda 38.17 soniya natijani qayd etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Jahon kubogi Artur Guliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing