Gimnastika bo‘yicha chempion 18 yoshida vafot etdi

Sport

image

Braziliyalik badiiy gimnastikachi Izabel Marsinyak 18 yoshida vafot etdi. Bu haqda bugun, 25 dekabr kuni Parana shtati gimnastika federatsiyasi xabar berdi.

Bayonotda o‘lim sababi oshkor qilinmagan. Biroq Olimpiya o‘yinlari rasmiy sayti va bir qator OAVlarda aniqlik kiritilishicha, Marsinyak Limfogranulomatoz – limfa tizimining onkologik kasalligi bilan kurashib kelgan.

“Bu qayg‘uli damlarda Izabelning yaqinlari, do‘stlari, klubdoshlari, murabbiylari va butun gimnastika jamoatchiligiga chuqur hamdardlik bildiramiz. Uning hayot yo‘li, sportga bo‘lgan muhabbati va xotirasi gimnastikani shaxsni shakllantirish va rivojlantirish vositasi deb biladigan barcha insonlarga ilhom bag‘ishlasin”, deyiladi bayonotda.

Marsinyak 2021 yilda Braziliya chempionatida o‘smirlar o‘rtasida individual ko‘pkurashda hamda to‘p bilan mashqda chempion bo‘lgan. Shuningdek, u milliy musobaqalarda boshqa sovrinlarni ham qo‘lga kiritgan va “Agir” klubini himoya qilgan. 2023 yilda esa sog‘lig‘i sababli sportdagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Shtutgart” jamoasining sobiq germaniyalik futbolchisi Sebastyan Xertner Chernogoriyadagi chang‘i kurortida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 34 yoshida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

badiiy gimnastika Izabel' Martsinyak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing