Taxmina Ikromova Jahon kubogi bosqichida sovrindor bo‘ldi
Sport
−
15 aprel
1831Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bahslari yakunlandi. Turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.
To‘p bilan mashq dasturida o‘zbekistonlik Taxmina Ikromova 34.050 ball bilan 2-o‘rinni egalladi. Shuningdek, u bulavadagi mashqda 30.750 ball bilan beshinchi, xalqadagi dasturda esa 33.300 ball bilan oltinchi natijani qayd etdi.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli Taxmina Ikromova Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati g‘olibi sanaladi. U o‘tgan yili avgust oyida Ispaniyaning Valensiya shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatining ko‘pkurash dasturida 4 mashq yakunidan so‘ng 124.200 ball bilan 9-o‘rinni egallab, o‘zbekistonlik sportchilar orasida birinchi bo‘lib Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.
LiveBarchasi