O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Rossiyada davom ettiradigan bo‘ldi

Sport

image

Qarshining “Nasaf” klubi a’zosi Husayn Norchayev Rossiyaning “Alaniya” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda rus klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Norchayev 470 ming yevro evaziga Qarshi klubidan “Alaniya”ga ko‘chib o‘tgan. Husayn yangi klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi Vladikavkaz jamoasida 9-raqam ostida to‘p suradi.

Hozirgi vaqtda “Alaniya” Rossiya Milliy ligasida ortda qolgan 20 ta turdan so‘ng 38 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa Rossiya Premer ligasiga chiqish uchun kurash olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Husayn Norchayev 2002 yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 21 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida hozircha 1 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nasaf Husayn Norchaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing