“Nasaf” Elit Chempionlar ligasini mag‘lubiyat bilan boshladi

Sport

image

Kecha, 15 sentyabr kuni Saudiya Arabistonining “Podshoh Abdulla” stadionida mezbon “Al-Axli” va Qarshining “Nasaf” jamoalari o‘rtasida Elit Chempionlar Ligasi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 1- bo‘limda so‘ng 2-0 hisobida g‘alaba qozonayotgan qarshiliklar o‘yin yakunida 2-4  hisobida alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Qarshiliklar safida ikki golga ham Husain Norchayev mualliflik qilgan bo‘lsa, mezbonlar tarkibida Milliot dubl qayd etdi. Jiddaliklarning uchinchi golini esa Mahrez kiritdi. Yakuniy golga Sulayman mualliflik qildi. 

Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda “Nasaf” futbolchisi Alibek Davronovga uchrashuv bosh hakami Re Tanimoto tomonidan qizil kartochka ko‘rsatildi.

“Bugun yulduzli va mahoratli jamoaga qarshi maydonga tushdik. Charchoq alomatlari bo‘lgani tufayli xatolarga yo‘l qo‘ydik va tashabbusni raqibga topshirdik. 
Birinchi golda xatoga yo‘l qo‘ydik. Darvozabonimiz oldinga chiqishi xato bo‘ldi, lekin chiqqanga yarasha to‘g‘ri o‘ynashi kerak edi. U to‘pni noto‘g‘ri qabul qildi. Birinchi goldan so‘ng raqib uyg‘ondi va tashabbusni qo‘liga oldi. Ikkinchi golni o‘tkazganimizdan so‘ng charchoq alomatlari yaqqol sezildi va ko‘p vaziyatlarga imkon bera boshladik. Mag‘lubiyatimizning birinchi sababi – xatoliklar. Charchoq o‘yinimizga ta’sir qilishini bilar edik. Yigitlar munosib harakat qilishdi, ammo mahorat bobida ustunroq bo‘lgan jamoa g‘alaba qozondi. Bugun 4 ta gol o‘tkazdik, “Al-Axli”da yuqori mahoratga ega futbolchilar yig‘ilgan. OFK Elit Chempionlar ligasidagi jamoalarning saviyasi juda yuqori. Kuchli jamoaga mag‘lub bo‘ldik”, deydi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Roziqul Berdiyev.

Ma’lumot uchun, “Nasaf” OFK Elite Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvni joriy yilning 29 sentyabr kuni Qarshida  Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Nasaf Elit Chempionlar ligasi Al'-Axli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing