“Paxtakor”ning Elit OCHL saralashidagi raqibi aniq bo‘ldi
Sport
−
12:34 1260 1 daqiqa
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasida “Al-Husayn” bilan bahs olib boradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgan “Paxtakor” ushbu bosqichda Iordaniya Pro-ligasining amaldagi chempioni “Al-Husayn” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv joriy yilning 11 avgust kuni Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mazkur bahs natijasiga ko‘ra, g‘olib jamoa OFK Elit Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘l oladi, mag‘lub bo‘lgan klub esa, Chempionlar ligasi-2 musobaqasining guruh bosqichida ishtirokini davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi 2025 yilgi mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgani sabab Elit Chempionlar ligasi guruh bahslarida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi. O‘tgan mavsumda ushbu musobaqada Qarshining “Nasaf” klubi ishtirok etgandi.
Live
Barchasi