Husayn Norchayev “Navbahor”ga o‘tdi

Sport

image

Namanganning “Navbahor” jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod, shu paytga qadar “Nasaf” safida to‘p surgan Husayn Norchayev bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Norchayevning “lochinlar” bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tafsilotlari oshkor etilmagan. Husayn 2025 yil dekabr oyida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng hozirda Italiyaning Apennin yarim orolida Husniddin Aliqulov va Jaloliddin Masharipov bilan birga reabilitatsiya jarayonini o‘tamoqda.

Shuningdek, Temur Kapadze boshchiligidagi “Navbahor” jamoasi Norchayev transferidan tashqari braziliyalik hujumchi Aleks Fernandes bilan ham shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Fernandes faoliyati davomida Braziliyaning “Atletiko Mineyro”, “Santos”, Bolgariyaning “Cherno more” hamda Rossiyaning “Baltika” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumi joriy yil 27 fevral kuni start oladi. “Navbahor” chempionatning ilk turida “Dinamo” maydoniga safar qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Husayn Norchaev “Navbahor” “Nasaf” Aleks Fernandes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing