O‘zbekistonlik futbolchi “Brentford”da debyut qildi

Sport

image

Angliyaning “Brentford” klubiga ko‘chib o‘tgan o‘zbekistonlik futbolchi Muhammadali O‘rinboyev o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

U “Brentford B”ning “Reding” U-21 jamoasiga qarshi o‘yinida bahsni asosiy tarkibda boshlab, 60-daqiqada zaxiraga olindi.

“Yangi futbolchi dastlabki daqiqalardan ishonch bilan harakat qildi. O‘rinboyev burchak va jarima to‘plaridan xavfli vaziyatlarni yaratdi. U 38-daqiqada ketma-ket sifatli uzatmalarni amalga oshirdi”, deyiladi “Brentford” rasmiy saytida.

Ma’lumot uchun, o‘rtoqlik o‘yini 2:1 hisobida “Reding” yoshlari foydasiga hal bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli futbolchi Muhammadali O‘rinboyevni APL klubi fevral oyi boshida ijaraga olgandi.

“Brentford”ga o‘zbekistonlik futbolchining ijarasi 200 ming yevroga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Brentford Muhammadali O'rinboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing