Muhammadali O‘rinboyev Belgiya klubiga o‘tdi
Sport
−
07 iyul 8071 1 daqiqa
Toshkentning “Paxtakor” klubining 20 yoshli futbolchisi Muhammadali O‘rinboyev Belgiyaning “Antverpen” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishcha, o‘zbekistonlik futbolchi klub bilan 4 mavsumga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan.
“O‘rinboyev O‘zbekistonning rekordchi chempioni – “Paxtakor” Toshkent klubidan kelib qo‘shildi. U bu jamoa bilan jami uch marta chempionlikni qo‘lga kiritgan. U, shuningdek, yoshlar terma jamoasi a’zosi bo‘lib, yaqinda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo Kubogida 4 ta gol bilan to‘purar bo‘lgan. Xush kelibsan va omad tilaymiz, Muhammadali!”, deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘rinboyev joriy mavsum “sherlar” safida 14 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Live
Barchasi