Kurtua Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Sport

image

“Real Madrid” darvozaboni Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatib, Millatlar ligasining joriy mavsumida ishtirok etmaslikka qaror qildi. Bu haqda u HLN nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Men Belgiya bilan Millatlar ligasining butun kampaniyasida ishtirok etmaslikka qaror qildim. Agar bosh murabbiy jarohatlar sababli muammoga duch kelsa, istisno tariqasida chaqirilishim mumkin. Bu holatda hatto ehtimoliy final to‘rtligida ham o‘ynamayman”, deydi Kurtua.

Shu bilan birga, 34 yoshli darvozabon terma jamoadagi faoliyatini yakunlamaganini ta’kidlagan. U Yevro-2028 saralash bosqichi o‘yinlarida Belgiya terma jamoasi ixtiyoriga qaytishga tayyorligini bildirgan.

Belgiya terma jamoasi Millatlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini joriy yilning 25 sentyabr kuni safarda Italiyaga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Kurtua terma jamoa safida 115 ta o‘yin o‘tkazgan. U 2014, 2018, 2022 va 2026 yillardagi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan. 2018 yilgi mundialda Belgiya terma jamoasi bilan bronza medaliga ega chiqqan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing