O‘zbekistonlik dzyudochi xalqaro musobaqada medalni naqd qildi

Sport

image

Ayni kunlarda Gruziya poytaxti Tblisi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqda.

24 mart kungi dasturda tatamiga chiqqan O‘zbekiston vakili Diyora Keldiyorova turnirning finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. -52 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan Keldiyorova 1/4 finalda polshalik Aleksandra Kaletani ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim finalda esa o‘zbekistonlik dzyudochi xitoylik Ju Yeqingga qarshi og‘ritish usuli qo‘llab g‘alabaga erishdi. 

Endi Diyora finalda Tokio Olimpiadasi chempioni, kosovolik Distriya Krasnichiga qarshi bahs olib boradi.

“Katta dubulg‘a” turniri Parij Olimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan sportchilar uchun ahamiyatlidir. Musobaqa 26 martga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio Olimpiadasi Diyora Keldiyorova “Katta dubulg'a”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing