Jokovich tennisda qoidalarni o‘zgartirishni taklif qildi
Sport
−
04 avgust 611 1 daqiqa
24 karra “Katta dubulg‘a” turniri g‘olibi Novak Jokovich tennis o‘yinlari formatiga o‘zgartish kiritish taklifini ilgari surdi. Bu haqda Jokovich “Punto de Break” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Biz hisob tizimini o‘zgartirishimiz kerak. Har bir set 6 ta geymgacha emas, 4 ta geymgacha o‘ynalsa. Balki hal qiluvchi ochko qoidasini joriy etib, uchrashuvlarni uch setlik formatda qoldirish mumkin. O‘yinlar ikki soatdan kam vaqt davom etishi kerak. Menimcha, bu barcha uchun eng yaxshi yechim bo‘ladi”, deydi Jokovich.
Avvalroq, serbiyalik tennischi AQSHda bo‘lib o‘tadigan “Cincinnati Masters” turnirida ishtirok etishini tasdiqlagan edi. Musobaqa joriy yilning 13-23 avgust kunlari o‘tkaziladi.
Jokovich ushbu turnirda so‘nggi marta 2023 yilda ishtirok etgan va finalda ispaniyalik Karlos Alkarasni mag‘lub etgan. Serbiyalik yulduz faoliyati davomida “ Cincinnati Masters” turnirida uch marta – 2018, 2020 va 2023 yillarda chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi