O‘zbekistonlik 4 tennischi 108 mln dollarlik musobaqada qatnashadi

Sport

image

Mavsumning so‘nggi “Katta dubulg‘a” turniri – “US Open” musobaqasida 4 nafar o‘zbekistonlik tennischi – Kamilla Rahimova, Mariya Timofeyeva, Polina Kudermetova va Nikita Belozersev ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Nyu-York shahrida o‘tkaziladigan “US Open-2026” musobaqasining umumiy mukofot jamg‘armasi 108 million dollarni tashkil etadi. Bu tennis tarixidagi eng katta sovrin jamg‘armasi hisoblanadi. Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida g‘oliblar 5,5 million dollardan, finalchilar esa 2,8 million dollardan mukofot oladi.

Musobaqada O‘zbekiston sharafini Kamilla Rahimova, Mariya Timofeyeva, Polina Kudermetova va Nikita Belozertsev himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonning birinchi raketkasi bo‘lib turgan Kamilla Rahimova WTA reytingida 78-o‘rinda, Polina Kudermetova 105-o‘rinda, Mariya Timofeyeva esa 124-o‘rinda bormoqda.

“US Open” musobaqasi qattiq qoplamali kortlarda o‘tkaziladi. Ayollar o‘rtasidagi final bahsi joriy yilning 12 sentyabr kuni, erkaklar o‘rtasidagi final uchrashuvi esa 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing