O‘zbekistonlik diniy oqim a’zosi 6,5 yilga qamaldi
3-sahifa
−
06 yanvar
7592O‘zbekistonda to‘qqiz yildan buyon qidiruvda bo‘lgan “Jihodchilar” oqimi a’zosi 6,5 yilga qamaldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bildirilishicha, Abduhodiy Abdurahmonov 2023 yil mart oyida Turkiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi. Unga sud hukmi bilan 6 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Gap shundaki, Abduhodiy Abdurahmonov 2010-2012 yillarda Rossiyaga ishlash uchun borgan. U yerda diniy oqim ta’siriga tushib qolgan.
Shundan so‘ng, Farg‘ona shahrida akasi va bir guruh shaxslardan iborat “jamoat” tashkil qilgan. Ushbu jamoa yig‘ilishlar tashkil etib, unda “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi tarafdorlari hamda boshqa aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’ruzalar, video va roliklar eshitgan. Abdurahmonov ham bunday yig‘ilishlarda doimiy ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonning Chimkent shahrida ushlangandi.
LiveBarchasi