Turkiyada o‘zbekistonlik shifokor yordamchisi to‘satdan vafot etdi
Jamiyat
−
04 avgust 6704 1 daqiqa
Turkiyaning Bursa viloyatida yana bir o‘zbekistonlik – 36 yashar Oybek Niyozov to‘satdan vafot etdi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bursa viloyatining Inego‘l tumani davlat shifoxonasida palliativ yordam bo‘limida shaxsiy bemor parvarishchisi o‘laroq faoliyat yuritib kelgan.
2 avgustdan 3 avgustga o‘tar kechasi soat 03:00 atrofida Oybek Niyozovning ahvoli yomonlashib, yerga yiqilgan.
Hamshiralar va shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, Niyozovning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Uning jasadi o‘lim sababini aniqlash uchun Bursa Sud-tibbiyot ekspertizasi institutiga yuborilgan. Voqea yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.
Live
Barchasi