O‘zbekistonlik bokschilar yoshlar mundialida muvaffaqiyatli odimlamoqda

Sport

image

Ispaniyaning La Nusiya shahrida bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida chorak finalchilar saralab olindi. Kecha, 20 noyabr kungi bahslarda 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi mamlakat sharafini himoya qildi.

-80 kg vaznda Rahmatillo Boymatov albaniyalik Luis Gyolenani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. -92 kg vazn toifasida Aynazar Kenesbayev irlandiyalik raqibidan katta farq bilan ustun keldi. -71 kgda Fazliddin Erkinboyev Hindiston vakili Sahil Chauxanni, -57 kg vazn toifasida Baxtiyor Asadov irlandiyalik Kolm Farrellni muxlislar qatoriga kuzatib qo‘ydi.

20 noyabr kungi natijalarga ko‘ra 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ham chorak finalga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, turnirning chorak final janglari 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks O'zbekiston

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing